Numan Kurtulmush, terrorga qarshi kurashni baholadi

Turkiya Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Numan Kurtulmush, terrorga qarshi kurashdagi ijobiy va salbiy vaziyatlarni baholadi.

502576
Numan Kurtulmush, terrorga qarshi kurashni baholadi

Turk qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning ash-shayh Yoqub va Yahmul mintaqalarida ekanligi aniqlangan DEASh terror tashkilotiga oid ikkita mavzeiga qarshi amaliyot yuritildi. Oqibatida tashkilotga oid 1 ta bino vayron qilinar ekan, 5 nafar terror tashkiloti a’zosi yo’q qilindi.

Iroqning shimolida joylashgan Metina mintaqasida esa PKK terror tashkiloti mavzelariga qarshi havo hujumi uyushtirildi. Ushbu hujum oqibatida esa PKK terror tashkilotiga oid 7ta mavze vayron qilindi.  

Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Numan Kurtulmush, Turq qurolli kuchlarining ushbu muvaffaqiyatini baholadi.

Terrorga qarshi kurash doirasida, PKK terror tashkilotiga qarshi kuchli amaliyotlar yuritilganligini aytgan Kurtulmush, 22-iyuldan keyin, terror tashkilotining bir necha xalqaro kuchlar tomonidan qo’llab-quvvatlanganligini eslatib o’tdi.

Terrorning o’z faoliyatini xalqaro kuch yordamida davom ettirayotganligini ta’kidlagan Kurtulmush,

“Agar xalqaro kuchlar, terror tashkilotiga bergan logistik, razvedka, qurol, iqtisodiy va siyosiy yordamini to’xtatgudek bo’lsa unda terror tashkiloti mag’lub bo’ladi, u o’z faoliyatini davom ettirolmaydi” dedi.  

Terrorga qarshi kurashda, turli birliklar tomonidan ustuvor koordinatsiya va kuchli qarorlilik ko’rsatilganligini belgilab o’tgan Numan Kurtulmush,

“Mintaqadagi kurd birodarlarimizning terror tashkilotiga yordam bermasligi, PKK terror tashkilotining kuchsizlashishiga yo’l ochdi” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar