Turkiya-Rossiya munosabatlarining taqdiri qachon hal bo'ladi?

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rus uchuvchining xatosi tufayli, Turkiyani fido qilishi insonni o’yga toldiradi”,-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an.

501809
Turkiya-Rossiya munosabatlarining taqdiri qachon hal bo'ladi?

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiya-Rossiya munosabatlariga to’xtaldi.

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rus uchuvchining xatosi tufayli, Turkiyani fido qilishi insonni o’yga toldiradi”,-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an.

Kuni kecha Rossiya Prezidenti Vladimir Putin: “Aloqalarni yo’lga qo’yish tarafdoriman, lekin birinchi bo’lib Turkiya qo’l uzatishi kerak”,-degan edi.

Putinning bu ifodasidan so’ng, Turkiya-Rossiya aloqalariga e’tibor qaratgan Erdog’an: “Ajabo, Putin bizdan nimani xohlaydi tushuna olmadım. Biz Turkiya sifatida aybdor davlat emasmiz. Rossiya bilan munosabatlarimizni buzishni xohlamaymiz. Vaholanki, janob Putin bilan aloqalarimiz haqiqatdan ham yaxshi ekan va do’stona munosabatlarimiz davom etar ekan, bir uchuvchining xatosi tufayli birdaniga Turkiyani fido qilganini anglay olmayman. Biz bu jarayonda Putin bilan munosabatlarimizni qaytatdan tiklashga g’ayrat ko’rsatishimiz zarur deb o’ylayman. Umid qilamanki, bu kelishmovchilik bartaraf etiladi va Turkiya bilan Rossiya avvalgidek do’stona munosabatlarini davom ettiradi”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar