Hakkari viloyati Shemdinli tumanida bir askar halok bo'ldi

Kecha Turkiyaning sharqida joylashgan Hakkari viloyati Shemdinli tumanida olib borilgan harbiy operatsiya paytida og’ir yaralangan askar shifoxonada olamdan o’tdi.

500841

Tumanning tog’liq hududlarida olib borilgan havo operatsiyasida esa, terror tashkiloti PKKning o’q-dori va qurol omborlari bilan yer to’lalar yo’q qilindi.

Shuningdek, Shirnak viloyatida zirhli politsiya xizmat mashinasi o’tib ketayotgan paytda terroristlar tomonidan joylashtirilgan qo’lbola bombaning portlashi oqibatida 4 kishi halok bo’ldi, 23 kishi tan jarohati oldi.

Bulardan 5 nafari politsiya xodimi ekani aytilmoqda. Voqeada halok bo’lganlardan biri atigi 4 yoshda edi. Portlash paytida 6 oylik chaqaloq ham yaralangan.

Portlash sodir bo’lgan ko’chadagi uylar va transport vositalari yer bilan yakson bo’lgan.

Portlashdan so’ng, yo’l ustida ulkan chuqurlik paydo bo’lgan.

Viloyatda harbiy operatsiya kuchaytirildi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakkari , #askar , #operatsiya , #terrorist , #portlash

Aloqador xabarlar