Suriyadan Gaziantepga, 2ta raketa o’qi kelib tushdi

Suriyadan o'tilgan 2ta raketa o'qi Turkiyaning Gaziantep viloyati, O’g’uzeli tumaniga yaqin joyda joylashgan aeroport xodimlari turar-joylari atrofidagi bosh uchastkaga kelib tushdi.

499508
Suriyadan Gaziantepga, 2ta raketa o’qi kelib tushdi

Turkiyaning Gaziantep viloyati, O’g’uzeli tumaniga yaqin joyda joylashgan aeroport xodimlari turar-joylari atrofidagi bosh uchastkaga Suriyadan otilgan 2 ta raketa o’qi kelib tushdi.

Ushbu voqea oqibatida halok bo’lgan yoki tan jarohati olganlar yo’qligiga qaramay raketa o’qi kelib tushgan mintaqaga xavfsizlik kuchlari bilan tibbiy xodimlar yuborildi. Xavfsizlik kuchlari hozirda mintaqada, tinchlik uchun tadbirlar tashkil etmoqda.

Turk qurolli kuchlari esa Gaziantepga tushgan raketa o’qlari ortidan, Suriyadagi DEASh terror tashkiloti mavzelariga hujum boshlatdi.

Turkiya Respublikasi, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha bu doirada hozirda, DEASh terror tashkilotiga oid 4 mavze vayron qilindi.

 



Aloqador xabarlar