Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, Suriyada vazifador AQSh askarlarini qattiq tanqid qidi...

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Suriyada vazifador Amerikan askarlariga PYDdan boshqa terror tashkilotlarining ham    formalarini kiyishlarini taklif qildi.

498879
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, Suriyada vazifador AQSh  askarlarini qattiq tanqid qidi...

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Suriyada vazifador Amerikan askarlariga PYDdan boshqa terror tashkilotlarining ham    formalarini kiyishlarini taklif qildi.

Chavusho’g’lu Rakkaning terror tashkiloti DEAShdan qutqarish operatsiyasida, boshqa bir terror tashkiloti PYDning so’zda formalarini kiygan AQSh askarlarini qattiq tanqid qildi.

Antalyada mavzuga tegishli izohot bergan Chavusho’g’lu,

“ Biz ushbu terror tashkiloti bilan YPGni ayni ko’rmaymiz” deganlarga javobimiz “ Bu esa ikki yuzlamachilikdir” deb aytdi.

AQSh Prezidenti Barak Obama va Davlat Kotibi Jon Kerri YPGning, PYDning  ishonarli bo’lmaganini, terror bilan kurashda Turkiyaning yonida ekanlarini eslatgan Tashqi ishlar vaziri,

“ Anqaradagi oxirgi ikki hujumning javobgar bo’lgan  terror tashkilotining formalarini kiyadilar,

Sabab esa

o’z xavfsizliklarini ta’min etish emish, unday bo’lsa ularga tavsiyam Suriyaning boshqa hududlariga borganlarida DAESh, Al Nusra,  Al_ Qoidaning ham  formalarini kiysinlar.

Afrikaga borganda Boko Haramning formalarini kiysin” deb bildirdi.

Mevlut Chavusho’g’lu, terror bilan kurashda juda  samimiy ekanini bildirgan ittifoqdoshimiz bo’lgan  bir o’lkaning askarlari bir terror tashkiloti formasini kiyishlari qabul qilinmas deb ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Tashqi , #Ishlar , #Vaziri , #AQSh , #Tanqid , #Askar , #Forma

Aloqador xabarlar