O’mer Chelik: “Yevropa ittifoqi Turkiya uchun, yagona variant emasdir”.

O’mer Chelik, vazirlikda uyushtirilgan vazifani topshirish va qabul qilib olish marosimida o'z vazifasini Volkan Bozkirdan qabul qilib oldi.

497581
O’mer Chelik: “Yevropa ittifoqi Turkiya uchun, yagona variant emasdir”.

Turkiya Respublikasi Yevropa ittifoqi va Bosh muzokarachisi O’mer Chelik, Yevropa ittifoqi perspektivasining Turkiya uchun judayam muhim ekanligini lekin yagona variant emasligini aytdi.

O’mer Chelik, vazirlikda uyushtirilgan vazifani topshirish va qabul qilib olish marosimida gapirar ekan o’z so’zida, Yevropa ittifoqiga to’laqonli a’zo bo’lishlik perspektivasining Adolat va taraqqiyot partiyasi iqtidori chog’ida bir davlat siyosatiga aylanganligini aytib o’tdi.      

Mintaqaviy inqirozlar avj olgan chog’ni ortda qolganligini ifodalagan Chelik,

“Barcha a’zolik perspektivasini himoya qilamiz lekin tinchlik loyihasi hisoblangan Yevropa ittifoqining, Turkiyaning ichki tinchligiga putr yetkazuvchi va Turkiyaning qonuniy huquqlarini himoya qilish ma’nosidagi terrorga qarshi kurash mavzusida Turkiyaga nisbatan qo’shaloq standart pozitsiyasini qo’llamasligini xohlaymiz. Turkiya uchun Yevropa ittifoqi perspektivasi judayam muhimdir lekin yagona variant emasdir. Yevropa ittifoqi bilan bu munosabatning standartlar darajasini oshirib, davlat siyosati talabiga javob beramiz” deya gapirdi.

O’mer Chelik, Turkiya Respublikasi Yevropa ittifoqi va Bosh muzokarachisi vazifasini Volkan Bozqirdan qabul qilib oldi.



Aloqador xabarlar