Yalchin Topchi, Bosniya va Gertsegovina

Yalchin Topchi, Turk va Bosniya-Gertsogovina tadbirkorlar jamiyati tomonidan uyushtirilgan “Turklarning Bolqon sarguzashti” deb nomlangan yig’ilishda ishtirok etish uchun Bosniya-Gertsogovina poytaxti Sarayevoga jo’nab ketdi.

495471
Yalchin Topchi, Bosniya va Gertsegovina

Prezident maslahatchisi Yalchin Topchi, Turkiyaning Bolqon politikasi qariyb 1000 yildan beri davom etayotganligini aytdi.

Yalchin Topchi, Turk va Bosniya-Gertsegovina tadbirkorlar jamiyati tomonidan uyushtirilgan “Turklarning Bolqon sarguzashti” deb nomlangan yig’ilishda ishtirok etish uchun Bosniya va Gertsegovina poytaxti Sarayevoga jo’nab ketdi.

Janob Topchi o’z ziyoratini, Bosniya va Gertsegovinaning unutilmas lideri Aliya Izetbegovich qabrini ziyorat qilish bilan boshladi.     

Ortidan Turk saxovatpesha tadbirkorlari tomonidan barpo etilgan Xalqaro Sarayevo universiteti bilan Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi vakolatxonasini ziyorat qildi.

Yalchin Topchi, Bolqonlarga qaratilgan ba’zi Turk axborot organlarining noto’g’ri ma’lumotlari haqidagi iddiolarga ham javob berdi.   

O’z javobida Topchi, Turkiyaning Bolqon politikasining shaxslarga qarashli emasligini aytdi.

Undan tashqari, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining oxirgi yillardagi say-harakati orqali dunyo kanaliga aylanganligini ham eslatib o’tdi.

Yalchin Topchi “Turklarning Bolqon sarguzashti” deb nomlangan yig’ilishda, ikki davlat o’rtasida chegara borligini lekin ko’ngil hududida esa hech qanday to’siqqa o’rin berilmasligini ta’kidladi.

Yalchin Topchi undan tashqari, ikki davlat o’rtasidagi hamkorliklarning mustahkamlanishi, Bosniya va Gertsegovinaning rivojlanishi va yurtdagi Turk investitsiyalarining orttirilishi kerakligiga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar