Volkan Bozkir Yevropa Ittifqiga norozichilik ko'rsatdi

Yevropa Ittifoqiga vizasiz sayohat mavzusida, Yevropa Ittifoqi Vaziri va Bosh Maslahatchi Volkan Bozkir norozichilik ko'rsatdi.

489099
Volkan Bozkir Yevropa Ittifqiga norozichilik ko'rsatdi

Yevropa Ittifoqi vizasiz sayohat uchun, terrorga qarshi kurash qonuniga o'zgarish kiritish talabiga Yevropa Ittifoqi Vaziri va Bosh Maslahatchi Volkan Bozkir qattiq norozichilik ko'rsatdi.

Bozkir; "450 kishi shahid bo'lgan, terrorga qarshi kurash operatsiyalar o'tkazilgan, jonli bombalar bo'lgan bir muhitda terrorga qarshi kurash qonunini Turkiyada ham muhokama qilish imkoni yo'q" dedi.

Volkan Bozkir, Fransiyaning Strazburg shahridagi uchrashuvlari doirasida Yevropa Parlament Rahbari Martin Schulz, Yevropali Muhofazakorlar va Islohotchilar Guruhi Rahbari Syed Kamall, Sotsialistlar va Demokratklar Rivojlangan Ittifoq Guruhi Rahbari Gianni Pittella va Yevrpa Parlamenti Tashqi Aloqalar Qo'mita Rahbari Elmar Brok bilan ko'rishdi.

Schulz bilan uchrashuv o'tkazgandan keyin matbuot anjumani uyushtirgan Bozkir; "Turkiyaning vizalarni bekor qilish borasida ko'p g'ayrat qilganiga diqqat qaratib, "Bu bir matematika masalasi emas. Bu bir soyosiy masala. Buni siyosiy jihatdan mulohaza etish muhim" deb ifoda etdi.

Terror bilan aloqali qonunga o'zgarish kiritish ijoji bo'lmaganini ifoda etgan Bozkir; "Bizning terrorga qarshi kurash qonunimiz Yevropa standartlariga mos" dedi.

 

 



Aloqador xabarlar