Erdog’an, Qurolli kuchlar Bosh shtab rahbarlariga xitob etdi

Prezident Erdog'an ushbu xitobida, Turkiyaning suriya va iroqlik muhojirlarga qaratilgan yordami va terrorga qarshi kurashi haqida gapirdi.

488903
Erdog’an, Qurolli kuchlar Bosh shtab rahbarlariga xitob etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, dunyoning hech qaysi davlatining,  DEASh terror tashkilotiga qarshi Turkiyadek kurash olib bormaganligini aytdi.

Erdog’an, Turkiya terror tashkilotiga qarshi kurash olib borar ekan DEASh terror tashkilotining faqatgina Suriya bilan Iroqning o’zida, qariyb 3 ming jangchisidan ayrilganligini belgilab o’tdi.  

Istanbulda uyushtirilgan 10-Bolqon davlatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab rahbarlari konferensiyasida nutq so’zlagan Erdog’an, Turkiyaning muhojirlarga qaratilgan faoliyatlariga to’xtaldi.

Urush va zulmdan qochgan 3 million Suriya va Iroq fuqarolariga Turkiya tomonidan yordam qo’li cho’zilganligini ifodalagan Erdog’an Turkiyaning, muhojirlarga atab qariyb 20 milliard dollar mablag’ ajratganligiga e’tibor qaratdi.

Prezident;

“Biz buning uchun bizga Yevropadan yoki dunyoning boshqa davlatlaridan, yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Muhojirlar kengashidan pul kelarmikin deb o’ylab o’tirganimiz yo’q” dedi.

Prezident Erdog’an, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash jarayonida terroristlar paydo bo’lgan dunyoning hech qaysi davlati yordam qo’lini cho’zmaganligini, bunga qarshi har bir kurashni Turkiyaning o’zi olib borishini kutganligini ta’kidladi.

Terror tashkiloti qo’lidagi qurollarga ham to’xtalgan Erdog’an;

“DEASh terror tashkiloti qo’lidagi qurollarning G’arbning qaysi davlatiga oid ekanligini ham yaxshi bilamiz. Hatto bir necha do’stlarimizga “Noto’g’ri ish qilayabsiz, bu uchoqlarni bu yerlarga qondirmang” deb ham aytdik. Har qanday sabablar bilan o’z bilganini qildilar. Afsuski yuborgan yordamlarining yarmi DEASh terror tashkilotiga, yarmi esa PYD terror tashkilotiga ketdi. Bu masalani shaxsan o’zlari bilan telefon orqali gaplashganim uchun bemalol tilga olyabman” dedi.

 



Aloqador xabarlar