Turkiyaning sharqida ekstremist tashkilot safiga qo’shilgan yoshlarning aksariyati 18 yoshdan kichik

Tog’liq hududlarda ekstremist tashkilot safiga qo’shilgan yoshlarning 40%i 18 yoshdan kichik, 10%i esa, 15 yoshdan kichik bolalarni tashkil qilmoqda.

485524
Turkiyaning sharqida ekstremist tashkilot safiga qo’shilgan yoshlarning aksariyati 18 yoshdan kichik

Turkiyaning sharqida terror tashkiloti PKK safiga qo’shilgan yoshlar soni tobora ortib bormoqda.

Asosan, chekka qishloq joylarda ekstremist tashkilot safiga qo’shilgan yoshlarning aksariyati 18 yoshdan kichik.

Terror tashkiloti PKK yoshlarni pul berish evaziga yoki qurol bilan qo’rqitib, majburlagan holda yomon yo’lga boshlab, ularni ta’lim lagerlarida davlatga qarshi kurashish maqsadida terrorist qilib yetishtirmoqda.

Maxsus ta’limdan o’tkazilgan terrorist yoshlar shaharlarda xavfsizlik xodimlariga tosh, qo’lbola bomba va temir-tersaklar bilan hujum qilib, nizo keltirib chiqarishga zamin yaratmoqda.

Ularning tuzog’iga tushgan yoshlar bir muddat o’tgach, ekstremist tashkilotning ba’zi boshliqlari tomonidan kuzatilib, faol bo’lgan bolalar tog’lardagi ta’lim lagerlariga olib ketilgani xavfsizlik kuchlari tomonidan aniqlandi.

Tog’liq hududlarda ekstremist tashkilot safiga qo’shilgan yoshlarning 40%i 18 yoshdan kichik, 10%i esa, 15 yoshdan kichik bolalarni tashkil qilmoqda.

Bu bolalar “shahar jangarilari” deb atalgan ekstremist guruh sifatida Turkiyaning har tomonida notinchlik yaratishga zamin yaratmoqda. 

Achinarlisi shuki, ularning tuzog’iga tushgan yosh qizlar terror tashkiloti boshqaruvchilari tomonidan jinsiy zo’rlanmoqda.

O’z xohshi bilan xavfsizlik kuchlariga taslim bo’lgan bir terrorist ekstremist tashkilot safiga qo’shilganda endigina 13 yoshda bo’lgan.

U Iroqning shimolidagi Gara hududida 11-15 yosh atrofidagi bolalar bilan 6 oy mobaynida harbiy ta’lim olgan.

Suriyadan og’irlangan kichik yoshdagi bolalar ham lagerlarda maxsus ta’limdan o’tkazilgan.

 

 



Aloqador xabarlar