Merkel:"Turkiya Yevropaga vizasiz sayohat qilish uchun qolgan shartlarni ham bajarishiga ishonaman"

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel Turkiyaning Yevropaga viza olishdan ozod bo’lishi xususida Yevropa Ittifoqi komissiyasi tomonidan berilgan tavsiya qarorini ijobiy baholadi.

484492
Merkel:"Turkiya Yevropaga vizasiz sayohat qilish uchun qolgan shartlarni ham bajarishiga ishonaman"

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel Germaniyaga tashrif buyurgan Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe bilan uchrashdi.

Poytaxt Berlindagi Meseberg saroyida bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, mushtarak matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda Merkel Turkiyaning Yevropaga viza olishdan ozod bo’lishi xususida Yevropa Ittifoqi komissiyasi tomonidan berilgan tavsiya qarorini ijobiy deb baholaganini aytib o’tdi.

Merkel: “Turkiyaning Yevropaga vizasiz sayohat qilish uchun qolgan shartlarni ham bajarishiga ishonaman”,-dedi.

Merkelning aytishicha, qolgan muhim shartlardan biri fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash va terrorizmga qarshi kurash qonunini mustahkamlashtirishdir.

Uning fikricha, Turkiya tomonidan ham Yevropa Ittifoqi fuqarolariga vizaning bekor qilingani buyuk siyosiy tashabbusdir.

 Angela Merkel bundan keyingi bosqichda o’zaro kelishuvlarga amal qilib, Ittifoq bilan Turkiya o’rtasidagi shartnomaning ishonarliligini ta’minlash kerakligini aytdi.



Aloqador xabarlar