Mardindagi teraktlar yana bir askarni shahid qildi

Mardinda, PKK terror tashkiloti yana hujum uyushtirdi.

483746
Mardindagi teraktlar yana bir askarni shahid qildi

Mardinning Derik tumanida, PKK terror tashkiloti a’zosi tomonidan uyushtirilgan teraktda 1 askar shahid bo’ldi, 9 askar bilan 2 nafar tinch aholi vakili esa tan jarohati oldi.

Ushbu terror hujumi mashinaga yuklangan bombaning portlatilishi oqibatida amalga oshirildi.

Bir guruh PKK a’zosi terrorist, Uchyo’l politsiya bo'limiga ham hujum qildi. Bu hujum oqibatida tan jarohati olgan askarlardan bir nafarining vaziyati og’ir.

Mardin shahar hokimi O’mer Faruk Kochak, tan jarohati olgan askarlarni kasalxonaga borib, ziyorat qildi.

Undan tashqari terrorga qarshi kurash doirasida Shirnak viloyatining, Shirnak tumaniga qarashli qishloqlar bilan Hakkari viloyati, Shemdinli tumaniga qarashli qishloqlarda aniqlangan va terror tashkilotiga oid nuqtalar Turk bombachi uchoqlari orqali vayron qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Mardin , #terakt , #shahid

Aloqador xabarlar