Turkiyaning ilk marotaba mezbonlik qilgan EXPO 2016 Antalyani 2 kunda 70 ming nafar ziyorat qildi.
Antalyaning Aksu tumanidagi sohada 22- aprelda Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an va Bosh vazir Ahmet Davuto’g’luning ishtirok bilan rasmiy ochilishini amalga oshirgan EXPO 2016 ko’rgazma sohasiga ziyoratchilar katta qiziqish ko’rsatmoqda.

Tadbir uchun hozirgacha 1 million 500 ming bilet sotildi.
EXPO bosh kotibi Kazim Aydin, qilgan izohida, tadbirga ko’rsatilgan qiziqishdan juda ham mamnun ekanini bildirdi.
Ziyoratchilar ko’rgazma sohasini juda ko’p yoqtirganini va juda yaxshi taassurotlar olganlarini aytgan Aydin, tadbir yakunlanadigan kungacha ayni aloqaning davom etishini kutganini ham bildirdi.
EXPO 2016 Antalya doirasida, 5 mayda, Maroon, 7 mayda, Jose Carreras, 20 mayda, Tarkan, 6 ıyunda, Simply Red, 14 iyunda, Status Quo, 5 İyulda, Deep Purple, 24 mayda Muse, 2 avgustda Sean Paul,8 Avgustda, Sting,15 avgustda Kool & Gang konsertlari bo’ladi.
Jahon yulduzlari Jennifer Lopez va Selena Gomez ham tadbir doirasida konsert berishlari kutilmoqda.
Turkiyadan esa Ajda Pekkan, Kenan Do’g’lu, Ebru Gundesh, Sibel Jan, Murat Bo’z, Demet Akalin, Serdar O’rtach, Funda Arar, Hadise va Nilufer bilan bir qatorda 25 san’atkorning konsert berishi kutilmoqda.