Turkiya Din ishlari qo'mitasi Muhammad payg'ambar tavalludiga bag'ishlab tadbir o'tkazdi

Marosimda so'zga chiqqan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an: “Bizning dinimiz bitta. Islom dini ostida barchamiz to'planaylik. Keling birdam bo'laylik!",-dedi.

472870
Turkiya Din ishlari qo'mitasi Muhammad payg'ambar tavalludiga bag'ishlab tadbir o'tkazdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Din ishlari qo'mitasi boshchiligida Muhammad payg'ambar tavalludiga bag'ishlangan marosimga qatnashdi.

Marosimda so'zga chiqqan Erdog'an musulmon davlatlardagi mazhabchilik, ırqchilik va terrorizm birlik va hamjihatlik oldidagi katta tahlikalardan biri ekaniga diqqat qaratib: “Bizning dinimiz bitta. Islom dini ostida barchamiz to'planaylik. Keling birdam bo'laylik!",-dedi.

Terror tashkilotlari islom diniga katta ziyon yetkazganini tilga olgan Erdog'an, DAISh, Boko Haram, Al-Qoida kabi terror tashkilotlari islom dinining barcha amallarini oyoq osti qilib, musulmonlarga zulm o'tkazganini bildirdi.

Erdog'an: “Ochiq aytamanki, bu terror tashkilotlarining islomga bergan zararini xatto, islom dushmanlari ham bermaydi",-dedi.

Uning aytishicha, mintaqada birdamlik va tinchlik o'rnatish uchun terror tashkilotlariga qarshi kurash davom etadi.

Qolaversa, marosimda so'zga chiqqan Din ishlari qo'mitasi rahbari Mehmet Go'rmez: “Insoniyatni jonlantirish, hayot berish va ulug'lash uchun Muhammad payg'ambarning koinotga olib kelgan rahmatiga ehtiyojimiz bor",-dedi.



Aloqador xabarlar