Turkiya prezidentlik kotibi Ibrahim Kalinning mulohazalari...

Turkiya prezidentlik kotibi Ibrahim Kalin Islom Hamkorlik Tashkilotining maqsad va vazifalari haqida gapirib o'tdi.

472241
Turkiya prezidentlik kotibi Ibrahim Kalinning mulohazalari...

1969 yili tashkil topgan Islom Hamkorlik Tashkiloti BMTdan keyingi eng katta hukumatlararo tashkilot hisoblanadi.

Islom Hamkorlik Tashkiloti ustaviga binoan uning maqsadi aʼzo davlatlar oʻrtasida islom birdamligini ragʻbatlantirish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, irqiy kamsitishni, barcha shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tadbirlar o'tkazish, Falastin arab xalqining oʻz huquqlarini tiklash va uning ishg'ol ostidagi yerlarini ozod qilish uchun kurashini qoʻllab-quvvatlash kabilardan iborat.

Joriy yilning 14-15 aprel kunlari Istanbul shahrida Islom Hamkorlik Tashkilotining 13-Sammiti bo'lib o'tdi.

Sammitning mavzuyi “Adolat va tinchlik uchun birlik va hamjihatlik" deb belgilandi.

Bu mavzu musulmon dunyosida yuz bergan bugungi global muammolar yuzasidan katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, a'zo davlatlar oldidagi fursat va imkoniyatlarga e'tibor jalb qiladi.

Sammitning kun-tartibi katta ahamiyatga molik fikrni olg'a suradi. Ya'ni, millatlar o'rtasida birlik va hamjihatlik bo'lmasdan tinchlik va adolat o'rnatib bo'lmaydi. Hozirgi muammolarni bartaraf etish va imkoniyatlarni yaratish uchun musulmon millatlar mushtarak manfaatlarni nazarda tutgan holda reja tuzishi kerak.

Islom Hamkorlik Tashkilotidagi muammo aslida, BMT va Yevropa Ittifoqi kabi boshqa barcha xalqaro tashkilotlar yuzma-yuz kelganda, o'z masalalarini va havotirlarini nazarda tutgan holda muammolarga yondashganidan kelib chiqadi. Darvoqe, Islom Hamkorlik Tashkilotining tuzilishidan maqsad Falastin masalasi va bu kabi musulmon etnik millatlarning muammolarini hal qilish, a'zo davlatlar o'rtasidagi tijoratni rivojlantirish va islomga qarshi salbiy ko'z-qarashni bartaraf etishdir.

Lekin, bunga qaramasdan ushbu masalalarni qanday hal qilish xususida barchaning fikri turlicha. Shu sababli birdam bo'lish va hamjihatlik bu yerda katta ahamiyat kasb etadi.

Tinchlik va adolat hozirgi musulmon olami uchun muhim ahamiyat kasb etibgina qolmasdan, ayni paytda islomiy e'tiqod va an'analarning ham poydevoridir.

Haqiqat shuki, adolat ta'minlanmasdan tinchlik ta'minlab bo'lmaydi. Tinchlik to'g'ri va haqqoniy poydevorga ega emas ekan, uzoqda bormaydi. Tinchlik o'rnatish sa'y harakatlarining aksariyati muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanmoqda, chunki adolat va haqqoniyatdan mahrumlar. Bunga Falastin va Yaqin sharqdagi tinchlik jarayonini misol qilib keltirish mumkin.

Islom Hamkorlik Tashkilotining 13-Sammitida muhokama qilingan masalalar ro'yxati kun-tartibning qanchalik dolzarb ekanini ko'rsatadi.

DAISh, Al-Qoida, Al-Shabab, PKK va boshqa terror tashkilotlari asosan musulmonlarga qarshi kurashmoqda. Shu sababli, musulmon davlatlar o'zaro hamkorlikni oshirib, xavfsizlik bo'yicha ma'lumot almashinuvini kuchaytirish kerak.

Eron, Iroq va Livan, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Pokiston kabi barcha musulmon davlatlar ushbu chiqmas ko'chadan chiqish yo'llarini topish va barchamiz mazhablarimiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, musulmon ekanimizni farqiga borib, bitta Qur'onga ishonishimizni, bitta payg'ambarga e'tiqod qilishimizni va bitta qiblaga bosh qo'yishimizni unutmasligimiz kerak.



Aloqador xabarlar