Yevropa Parlamentining Turkiya hisobotiga e'tiroz bildirildi

Yevropa Parlamentining Turkiya rivojlanish hisoboti Turkiya Oliy majlisida noroziliklarga sabab bo'ldi.

471337
Yevropa Parlamentining Turkiya hisobotiga e'tiroz bildirildi

Yevropa Parlamentining Turkiya rivojlanish hisoboti Turkiya Oliy majlisida noroziliklarga sabab bo'ldi.

Yevropa Ittifoqi moslik komissiyasi rahbari Mehmet Kasim Gulpinar o'tgan yili bo'lgani kabi bu yil ham hisobotda 1915 yil voqealariga e'tibor berilganini tanqid qildi.

Mehmet Kasim Gulpinar: “Bu holat hisobotning haqqoniyligiga va ishonarliligiga putur yetkazdi. Hisobot tarixga yondashibgina qolmasdan, Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi munosabatlariga ham teskaridir",-dedi.

Hisobot bu yil ham qabul qilinmasligini bildirgan Gulpinar yuborilgan taqdirda, Yevropa Parlamentiga qaytarib yuborilishini bildirdi.

Uning aytishicha, mazkur hisobotda Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga to'xtalmagan.

Yevropa Ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi Volkan Bozkir ham Yevropa Parlamentida qabul qilingan Turkiya rivojlanish hisoboti yaroqsiz ekanini tilga oldi.

Bozkir: “Turkiya o'z tarixidan uyalmaydi. Barcha arhivlarimiz ochiq. Bu masalaga faqat tarixshunoslar qaror bera oladi. Siyosatchilar tarix yozmasligi kerak. Tarixiy voqealar bilan bog'liq siyosiy qarorlar chiqarilishi kerak emas",-dedi.



Aloqador xabarlar