PKK terror tashkilotidan mag'lubiyat e'tiroflari...

Suriyadagi inqiroz va Turkiyadagi umumiy saylovni fursat bilib, 2015- yili iyulida yechim jarayonini poymol qilib qonli hujumlariga yangidan boshlagan terror tashkiloti PKK, olgan og'ir zarbadan so'ngra e'tiroflar ham kela boshladi.

470755
PKK  terror tashkilotidan mag'lubiyat e'tiroflari...

Suriyadagi inqiroz va Turkiyadagi umumiy saylovni fursat bilib, 2015- yili iyulida yechim jarayonini poymol qilib qonli hujumlariga yangidan boshlagan terror tashkiloti PKK, olgan og'ir zarbadan so'ngra e'tiroflar ham kela boshladi.

Hakkari Yuksako'va tumanidagi PKKli terroristlar o'z oralaridagi so'zlashuvlarida, so'zda “ o'zlarini boshqarish” e'loni maqsadga erishishga foydali bo'lmadi deb e'tiroflari o'rin oldi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan tasmaga olgan ovozlarda, oxirgi paytda tashkilot muvaffaqiyatsizlikka uchradi deb diqqat qaratdilar.

PKK, Shirnak, Diyarbakir, Mardin va Hakkari shahar markazlari bilan tumanlarida, bugungacha yuzlab a'zosini boy berdi.

Xavfsizlik kuchlari mintaqani terroristlardan umuman tozaladi.

Terroristdan tozalangan nuqtalarda esa tashkilotga oid juda ko'p sonda qurol va o'q-dori bilan bir qatorda, yarador terroristlar muolaja qilingan tibbiy material ham qo'lga tushirildi.

Uylarda o'tkazilgan tintuvlarda, terroristlar o'zlarini saqlash va qochishni quloylashtirish maqsadi bilan tayyorlagan jonsiz manikenlar ham topildi.

Kecha o'tkazilgan operatsiyalarda esa, Shirnakda 7, Mardinning Nusaybib tumanida 6 nafar terrorist o'ldirildi.

Nusaybinda 14 martda boshlagan operatsiyalarda ta'sirsiz holga keltirilgan terrorist soni 220, Shirnakda 190ga bordi, Shirnakda bundan tashqari viloyat xavfsizlikni saqlash mudirligida vazifador bo'lgan va terror tashkiloti PKKga yordam bergani iddao qilingan nafar 2 qorovul nazoratga olindi.

Qorovullar esa, vazifadan so'ngra terroristlar bilan mahallada navbat tutgani aniqlandi.


Tanlangan kalimalar: #PKK , #Mag'lubiyat , #E'tiroflari , #Mardin , #Shirnak

Aloqador xabarlar