Ertaga Istanbulda 13-Islom Hamkorlik Tashkiloti sammiti o'z ishini boshlaydi

Sammitga 56 davlatdan vakil ishtirok etadi va 33 davlatning prezidenti va hukumat rahbari qatnashadi.

470028
Ertaga Istanbulda 13-Islom Hamkorlik Tashkiloti sammiti o'z ishini boshlaydi

Ertaga Istanbulda 13-Islom Hamkorlik Tashkiloti sammiti o'z ishini boshlaydi.

Sammitning mavzuyi “Eron-Saudiya Arabistoni kelishmovchiligi, terrorizm va islomga qarshi salbiy ko'z-qarash".

Sammitga 56 davlatdan vakil ishtirok etadi va 33 davlatning prezidenti va hukumat rahbari qatnashadi.

Sammitda Suriyadagi ichki urush, qochqinlar masalasi, Yevropada avj olgan islomga qarshi salbiy ko'z-qarash, musulmon davlatlarda avj olgan ekstremizm kabi xususlar muhokama qilinadi.

BMTdan keyingi dunyoda eng muhim tashkilotlardan biri bo'lgan Islom Hamkorlik Tashkilotini boshqarish vazifasi Turkiyaning zimmasiga topshirildi.

Kecha kun bo'yi davom etgan Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengash yig'ilishidan so'ng matbuot anjumani o'tkazgan Islom Hamkorlik Tashkiloti bosh kotibi Iyad Emin Medeni: “Bu sammit barcha sammitlardan farq qiladi",-dedi.

107 modda o'rin olgan dastur rejasida Falastin va Quddus masalasini hal qilish, kambag'alchilikka qarshi kurash, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, investitsiya va finans imkoniyatlarini yo'lga qo'yish, bilim va texnologiyani rivojlantirish, iqlim o'zgarishi kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Tashkilotning samaradorligini oshirish uchun Tog'liq Qorabog' masalasi bilan a'zo davlatlar o'rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish uchun komissiya tuzildi.

Sammitga Liviyaning ham ishtirok etishi ijobiy baholanmoqda.

Saudiya Arabistoni Qiroli Selman va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy davlatlari o'rtasidagi kelishmovchilikka qaramasdan sammitga qatnashish uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.

Asosan, Qirol Selmanning 2015-yili davlat boshiga kelishi bilan Saudiya Arabistoni-Eron aloqalari Yamandagi ichki nizolar sababli inqirozga uchragan edi.

Eron Husiy qabilasini qo'llab quvvatlar ekan, sobiq davlat rahbari Mansur Hadini qo'llab quvvatlagan Saudiya Arabistoni ham urushda haqli bo'lgan tomonni tutishi bilan kelishmovchilik avj oldi.

34 davlat ishtirokida Islom qo'shini tuzish tashabbusi Saudiya Arabistoni va Eron o'rtasidagi vaziyatni yana ham chigallashtirdi.

Qolaversa, sammit munosabati bilan Istanbulda xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirildi.

Istanbul xavfsizlik boshqarmasi asosan kongress vodiyi joylashgan Beshiktash-Taksim-Shishli dahalarida nazoratni yuqori darajaga chiqardi.



Aloqador xabarlar