Turk Havo Yo'llari Diyarbakirdan Iroqning Erbil shahriga samolyot reyslarini yo'lga qo'ydi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati bilan Iroqning Erbil shahri o'rtasida haftada 3 kun o'zaro samolyot reyslari amalga oshiriladi.

468553
Turk Havo Yo'llari Diyarbakirdan Iroqning Erbil shahriga samolyot reyslarini yo'lga qo'ydi

Turk Havo Yo'llari Diyarbakirdan xorijga samolyot reyslarini yo'lga qo'ydi.

Turkiyaning Diyarbakir viloyatidan Iroqning Erbil shahriga yo'lovchi safari amalga oshirildi.

Diyarbakir aeroportidagi ba'zi kamchiliklar tufayli bugungacha amalga oshirilmagan xorij safarlari, taxminan 6 oy oldin xizmatga tushirilgan yangi stansiya orqali amalga oshirilmoqda.

Mazkur yangi stansiyaga 300 million lira mablag' sarf qilindi.

Ak partiya rahbari o'rinbosari Mehdi Ekerning aytishicha, samolyot safarlari Diyarbakir bilan Erbil o'rtasidagi tijoriy va turistik aloqalarning rivojlanishiga katta hissa qo'shadi.

Hozircha faqatgina yo'lovchilar uchun xizmat bergan Turk Havo Yo'llari, keyinchalik zarur bo'lgan taqdirda, kargo yuk naqliyotini ham amalga oshirishi mumkin.

Diyarbakir bilan Erbil o'rtasida haftada 3 kun o'zaro samolyot reyslari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Turk Havo Yo'llari kelgusida Diyarbakirdan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va boshqa ba'zi Yevropa davlatlariga ham samolyot reyslarini yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda.



Aloqador xabarlar