Amerika Qo'shma Shtatlarining Marilend shtatida Turk-Amerika madaniyat markazi ochildi

Markazning tantanali ochilishi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning tashrifi bilan amalga oshirildi.

463647
Amerika Qo'shma Shtatlarining Marilend shtatida Turk-Amerika madaniyat markazi ochildi

Amerika Qo'shma Shtatlarining Marilend shtatida Turk-Amerika madaniyat markazi ochildi.

Markazning tantanali ochilishi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning tashrifi bilan amalga oshirildi.

Prezident Erdog'an ochilishda so'zga chiqib, ushbu markaz butun musulmon olamiga hayir olib kelishiga tilakdosh ekanini bildirdi.

Nafaqat Amerikada balki, butun dunyoda musulmonlarga nisbatan noto'g'ri tushunchalar avj olganini tilga olgan Prezident Erdog'an, mazkur Turk-Amerika markazi islomga qarshi salbiy ko'z-qarashlarni o'zgartirishda katta ahamiyat kasb etishini bildirdi.

R.T.Erdog'an: “Terrorizmning dini, irqi, millati yo'q. Terrorist- insoniyatga nisbatan sodir qilgan jinoyat sababli bu sifatga loyiq bo'lgan shaxslardir. 11 sentyabrda Amerikani qonga bulagan terroristlar tufayli butun musulmonlarga terroristdek munosabatda bo'linishini qabul qilmaymiz",-dedi.

G'arb davlatlarining terrorizmga qarshi munosabatini tanqid qilgan Prezident Erdog'an, Belgiyadagi portlashni eslatib: “Brusselda qon to'kilishiga sabab bo'lgan terrorist haqida Belgiya hukumatini ogohlantirgan edik. Belgiya hukumati bunga loqayd bo'ldi. Va Belgiyaning qoq markazi Brusselda bomba portladi. Qon to'kildi",-dedi.

Prezident Erdog'an bundan tashqari Amerikadagi prezident nomzodlarinining islomga qarshi fikrlarini tanqid qildi va ularning bu fikrlaridan taajjublanganini tilga oldi.

Amerikada yashagan musulmonlar amerikalik bo'lishga yoki musulmon diniga bo'y sunishdan birini tanlashga majburlanganini aytgan Erdog'an, nafrat va islomga nisbatan salbiy ko'z-qarashga qarshi kurashga chaqirdi.

Turk-Amerika madaniyat markazining ochilishiga turli dindan va millatdan qator mehmonlar tashrif buyurdi.

Ushbu madaniyat markazi qoshida qad rostlagan ulkan jome'da 16 asrdagi Usmoniy me'morchiligi eks ettirildi.

Amerikadagi ikki minorali jome'da 3 ming musulmon namoz o'qish imkoniyatiga ega.

Taxminan 16 gektarlik maydonga qurilgan jome'ning pastki qavatida 300 kvadrat metr kenglikda Islom asarlari muzeyi o'rin olgan.

Bundan tashqari, madaniyat markazi ichida kutubxona, konferensiya va ko'rgazmalar zali, majlis zali va qabul qilish byurosi joylashgan.

Madaniyat markazi ichidagi Islom tadqiqotlar markazida Turkiyadan Amerikaga tahsil olish uchun kelgan talabalarga xizmat beriladi.



Aloqador xabarlar