Turk qurolli kuchlari, Shimoliy Iroqni bombaladi

Turk qurolli kuchlari Shimoliy Iroqni 12 ta harbiy uchoq orqali 2 marotaba bombaladı.

462930
Turk qurolli kuchlari, Shimoliy Iroqni bombaladi

Turk qurolli kuchlari Shimoliy Iroqga qarshi harbiy amaliyot uyushtirdi. Ushbu amaliyot chog'ida, PKK terror tashkilotining Zap va Metina mintaqalaridagi nuqtalari vayron qilindi.

Shu bilan birga Turkiyaning Hakkari viloyati, Yuksekova tumanida yuritilgan amaliyot chog'ida militsiya xodimi Idris Bolatni kecha shahid qilgan 17 kishilik terror guruhi o'ldirildi.

Turk qurolli kuchlari va xavfsizlik xodimlari harbiy amaliyotlarini militsiya xodimi Idrıs Bolat shahid qilingan O'rmon mahallasida kuchaytirdi. Og'ir qurollardan foydalangan terroristlarga qaratilgan amaliyotda 17 kishilik terrorist guruh qurchovga olindi.

Xavfsizlik xodimlarining “Taslim bo'ling" degan undoviga qurol bilan javob bergan PKK terror tashkiloti a'zolari, yuz bergan to'qnashuv oqibatida o'ldirildi.

Shunday qilib tumanda 20 kun ichida o'ldirilgan terroristlar soni 110 nafarga yetdi.

Amliyotda o'ldirilgan terroristlar foydalangan bino va nuqtalarda tekshiruv ishlari yuritildi. Natijada ko'plab o'q-dorilar, qurollar, bombalar va xudkush belbog'lari topildi.

Mardin viloyatining Nusaybin tumanida Turk qurolli kuchlari va xavfsizlik xodimlari tomonidan mintaqadan terroristlarni yo'q qilish va mintaqada tinchlikni o'rnatish uchun harbiy amaliyotlar davom etmoqda.

Nusaybin ko'chalarining bir necha nuqtalarida aniqlangan to'siqlar xavfsizlik kuchlari tomonidan olib tashlanib, ko'chalar tozalandi.

Harbiy amaliyotlar chog'ida terroristlar tomonidan tayyorlangan bir necha turdagi qo'lda yasalgan portlaguvchi moddalarning to'siqlar bilan binolar ichiga joylashtirib qo'yilganligi aniqlandi. Ularning mutaxassislar tomonidan nazorat ostida portlatilishi natijasida ba'zi binolar cho'kdi

Terror tashkilotining mintaqa aholisning shaxsiy buyumlarini ham to'siq sifatida foydalanganligi aniqlandi.

Turkiyaning Bitlis viloyati, Mutki tumanida ham terror tashkilotiga qarshi amaliyot yuritilib natijada 2 ta boshpana vayron qilindi.



Aloqador xabarlar