O’z a’zolaridan ayrilgan PKK, bu gal yosh bolalarning ketiga tushdi

Anqarada 17-fevral va 13-mart kunlari uyushtirilgan xudkushlik hujumi ortidan PKK terror tashkilotiga qaratilgan norozichiliklar avj oldi. Tashkilot bu gal o’zini qo’llab-quvvatlamagan mintaqa aholisini nishonga oldi.

457681
O’z a’zolaridan ayrilgan PKK, bu gal yosh bolalarning ketiga tushdi

Go'yo avtonom hudud deya e'lon qilgan Turkiyaning sharqida joylashgan viloyatlarning ayrim tumanlarida yani Jizra, Sur va Silopida yuzlab a'zosidan ayrilgan PKK terror tashkiloti endi esa, har bir xonadondan bir erkak farzand olishning dardida.

Anqarada 17-fevral va 13-mart kunlari uyushtirilgan xudkushlik hujumi ortidan PKK terror tashkilotiga qaratilgan norozichiliklar avj oldi. Tashkilot bu gal o'zini qo'llab-quvvatlamagan mintaqa aholisini nishonga oldi.

Sur, Bag'lar, Silopi va Jizrada minglab insonni o'z uy-joyidan judo qilgan tashkilot, bu gal aholi farzandlariga ko'z qo'ydi.

Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan mintaqada yuritilgan harbiy amaliyotlar natijasida og'ir zarba olgan terror tashkiloti, o'ziga a'zo toplash uchun mahalliy aholini qorqita boshladi.

Motam chodirlari-yu, jome' masjidlarida targ'ibot ishlari yuritgan tashkilotdan o'z farzandlarini qutqarishga harakat qilgan ba'zi oilalar, Ichki ishlar vazirligidan yordam talab qildi.

Oilalar o'z oilalarini qutqarish uchun shahar hokimlari-yu, xavfsizlik kuchlariga musojaat qila boshladi.

PKK terror tashkilotining yoshlar qanoti hisoblangan YDG-H a'zolari yosh bolalarni ham tashkilotga a'zo qilish uchun faoliyat boshlatdi

Yosh bolalarni uylaridan majburlab olib ketgan terroristlar, ularni qalqon sifatida foydalanmoqda.

Oilalaridan olib ketilgan 14-17 yashar bolalar, avvalom bor PKK lagerlariga olib borilib mashg'ulotdan o'tkazilmoqda.



Aloqador xabarlar