Kecha Istanbulda sodir bo’lgan qonli terror hujumi 4 turistning hayotiga zomin bo’ldi

Portlashda halok bo'lgan turistlardan 3 nafari Isroil fuqarosi, 1 nafari Eron fuqarosi ekani aniqlandi.

454428
Kecha Istanbulda sodir bo’lgan qonli terror hujumi 4 turistning hayotiga zomin bo’ldi

Kecha Istanbulda sodir bo'lgan qonli terror hujumi 4 nafar turistning hayotiga zomin bo'ldi.

Portlashda halok bo'lgan turistlardan 3 nafari Isroil fuqarosi, 1 nafari Eron fuqarosi ekani aniqlandi.

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu Eron bilan Isroilga taziya maktubi yo'lladi.

Istanbuldagi eng gavjum dahalardan biri Taksimdagi Istiqlol ko'chasida sodir bo'lgan portlashda 39 kishi jarohatlangan.

Bulardan 24 nafari chet el millatiga mansub ekani aytilmoqda.

Yaradorlardan 7 nafari og'ir ahvolda.

Portlash kim yoki kimlar tomonidan sodir qilingani, bunda qaysi terror tashkilotining qo'li borligi tergov natijasida ma'lum bo'ladi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi manbalari Amerikaga safar qilgan Isroil Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi Dore Goldning Turkiyaga tashrif buyurishini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #portlash , #Turkiya , #terror , #hujumi , #Taksim , #turist

Aloqador xabarlar