Prezident Erdogan, Belgiya munosabatiga javob qaytardi

Prezident Erdog'an, Belgiyaning terror a'zolariga quchoq ochishiga og'ir javob qaytardi.

453240
Prezident Erdogan, Belgiya munosabatiga javob qaytardi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Turkiya bilan Yevropa ittifoqi sammiti o'tkaziladigan poytaxt Bryusseldagi Kengash binosinining hamon yonginasida, terror tashkiloti PKK a'zolari uchun chodir qurishga ruxsat bergan Belgiyaga, munosabati yuzasidan og'ir javob qaytardi. Prezident bu boradagi o'z so'zida, “Siz, quchog'ingizda ilon silayapsiz" dedi.

Chanoqqal'a g'alabasining 101-yilligiga bag'ishlangan marosimda nutq so'zlagan Janob Prezident, Belgiya bosh bo'lish bilan birga G'arb davlatlarini terrorga qaratilgan munosabati yuzasidan tanqid qildi.

“Terror tashkilotining hujum uyushtirishiga ruxsat berganlar, minalar dalasida raqs tushmoqda" degan Erdog'an, bu minalarga qachon bosib olinishi hozircha noma'lum bo'lsa da, bundan qochib qutilolmasliklari to'g'risida G'arb davlatlarini ogohlantirdi.

Hech kimga aldanmaydigan bir Turk Davlati mavjudligini ifodalagan Prezident;

“Siz, o'z quchog'ingizda ilon silayapsiz. U ilon, bir kunmas bir kun sizni ham chaqib olishi mumkin. Terror sizning yurtingizni nishonga olganida yomon, Turkiyani nishonga olganida esa uni qo'llab-quvvatlashdan voz keching" deya gapirdi.

Erdog'an shuningdek, “terrorga qarshi kurash mavzusida to'g'ri va samimiy harakat qilmaslik, terrorga bosh egishlik degan ma'noni bildiradi" dedi.


Tanlangan kalimalar: #Belgiya , #chodir , #Prezident Erdog'an

Aloqador xabarlar