Turk olimi asari, Amerikaning nufuzli jurnali muqovasida aks ettirildi

Tibbiyot olami uchun muhim hisoblangan Amerikaning AJO-DO jurnali, 100 yildan ortiq vaqtdan beri Amerikada chop etib kelinmoqdadir.

448301
Turk olimi asari, Amerikaning nufuzli jurnali muqovasida aks ettirildi

Turk olimining asari, 100 yildan ortiq vaqtdan beri chop etilayotgan "American Journal of Orthodontics and Dentofacial Orthopedic (AJODO)" jurnalining mart oyi sonining muqovasida aks ettirildi.

“Yuqori jag'ni kengaytirish uchun foydalanilgan aparatlarning, chirik tishlarning boshlang'ichi hisoblangan oq nuqtalarning paydo bo'lishiga ko'rsatgan ta'siri" deb nomlangan asar Turkiyaning Kayseri viloyatida joylashgan Erjiyes nomidagi universitetning, Stomotologiya fakulteti, Ortodontiya kafedrasi o'qituvchisi dotsent doktor Ahmet Yag'ji va uning guruhi tomonidan qalamga olingan edi.

Ushbu asariga qaratilgan faoliyatlarini 2011-yili boshlaganliklarini belgilab o'tgan Yag'ji,

“Bu biz uchun judayam quvonchli voqea. Qarang-a, 100 yildan ortiq vaqtdan beri chop etilayotgan nufuzli jurnallardan biri AJO-DOning mart oyi sonida bizning asarimiz chop etildi. Jurnal, bizning asarimizni faqatgina chop etish bilan cheklanmapdi ayni vaqtda, jurnalning muqovasida ham bizning asarimizni aks ettiripdi. Bu ham yetmaganidek jurnalning mart oyi soniga oid videoda ham o'rin beriligan. Buz judayam hursandmiz. Biz bu bilan g'ururlandik" deya gapirdi.



Aloqador xabarlar