Surda, va nihoyat, harbiy amaliyot o’z nihoyasiga yetdi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati, Sur tumanida o'tgan yilning 28-noyabridan beri PKK terror tashkilotiga qarshi harbiy amaliyot yuritilayotgan edi.

447735
Surda, va nihoyat, harbiy amaliyot o’z nihoyasiga yetdi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati, Sur tumanida terror tashkiloti PKK a'zolariga qarshi, o'tgan yilning 28-noyabri kuni boshlatilgan harbiy amaliyot va nihoyat o'z nihoyasiga yetdi.

Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Efkan Ala, “Sur tumanida, harbiy amaliyot o'z nihoyasiga yetdi" dedi.

Shuningdek Janob Efkan Ala, Diyarbakirning Sur tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi Turk qurolli kuchlari va xavfsizlik xodimlari tomonidan harbiy amaliyot yuritilganligini eslatdi.

Yuritilgan harbiy amaliyotning bugun oqshom soatlaridan boshlab o'z nihoyasiga yetganligini belgilab o'tgan Efkan Ala, fuqarolarning xavfsizligi uchun harbiy amaliyot yuritilgan mintaqadagi tekshiruv faoliyatlarining esa davom etajagini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar