Turkiyaning Kirklareli viloyatida noqonuniy 103 immigrant qo'lga tushdi

Jandarm boshqarmasi xodimlari ma'lum qilishicha, bulardan 36 nafari Afg'oniston fuqarosi, 67 nafari Suriya fuqarosi.

441454
Turkiyaning Kirklareli viloyatida noqonuniy 103 immigrant qo'lga tushdi

Turkiyaning Kirklareli viloyatida noqonuniy yo'llar bilan xorijga chiqmoqchi bo'lgan chet ellik 103 shaxs qo'lga tushdi.

Kirklareli Jandarm boshqarmasi xodimlari Turkiyaning Bolgariya chegarasiga yaqin masofada joylashgan Demirko'y va Kofchaz tumanida chet el millatiga mansub kimligi noma'lum shaxslarning borligini aniqladi.

Jandarm boshqarmasi xodimlari tekshiruv chog'ida, 103 xorijlikni qo'lga tushirdi.

Bulardan 36 nafari Afg'oniston fuqarosi, 67 nafari Suriya fuqarosi ekani aniqlandi.

Noqonuniy immigrantlar Kirklareli viloyati ko'chmanchilar bilan ishlash boshqarmasiga topshirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #noqonuniy , #immigrant , #xorijlik , #chet ellik

Aloqador xabarlar