Prezident Erdog’an Kot-Divuarda

Prezident Erdog'an G'arbiy Afrika sayohati doirasida Kot-Divuar Respublikasida.

441274
Prezident Erdog’an Kot-Divuarda

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an va uning turmush o'rtog'i Emine Erdog'anni Felix houphouet boigny aeroportida Kot-Divuar Davlat rahbari Alassane Vattara va uning turmush o'tog'i Dominique Vattara kutib oldilar.

Kutib olish marosimida Davlat rahbari Alassane Vattaraga Bosh vazir, kabina a'zolari va 60 qabilaning lideri ham hamrohlik qildilar.

Kot-Divuar Davlat rahbari Alassane Vattara bilan uning turmush o'rtog'i Dominique, kutib olish marosimi ortidan Ertog'an jufti hurmatiga ziyofat berdi.

Erdog'an, ziyofat chog'ida gapirar ekan, Kot-Divuar aholisining 20-30 foizini immigrantlar tashkil etganligini eslatdi.

Shuningdek Kot-Divuar Respublikasining eng yirik shahri va eski poytaxti Abidjanning ayniqsa immigrant aholini bir yuk yoki muammo qatori emas balki iqtisodiy va ijtimoiy hayotning eng muhim hissadori deya qabul qilganligiga e'tibor qaratgan Erdog'an;

“Men buni 'Kot-Divuar modeli' deb atamoqchiman. Bu modelni barcha qit'alaru butun jahon davlatlari o'rnak olishini xohlayman. Biz ham Suriya va Iroqdagi urushlardan qochgan 3 million qardoshlarimizning hech birini yakkalamay diniga, tiliga va irqiga qaramay mezbonlik qilmoqdamiz" dedi.

Prezident Erdog'an, ikki davlat o'rtasidagi savdo hajmiga ham to'xtaldi.

Ikki davlat o'rtasidagi savdo hajmining 400 million dollarga yaqinlashganligini eslatgan Erdog'an;

“Istanbul bilan Abidjan o'rtasida hamkorlik potentsiali borligiga ishonchim komil. Hudo xohlasa mushtarak maqsadimiz bu raqamni 2020-yili 1 milliard dollarga chiqarishdir" dedi.



Aloqador xabarlar