Turkiya, Xojali qatliomini, yana bir bor keskin qoraladi

Bundan 24 yil avval Armaniston harbiylari, Ozarbayjonning Tog’li Qorabog’ mintaqasida joylashgan Xojali shahriga qarshi hujum va qatliom uyushtirgan.

439898
Turkiya, Xojali qatliomini, yana bir bor keskin qoraladi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xojali qatliomining 24-yilligida yana bir bor Xojali qatliomini va bugungi kunda davom etayotgan ishg'olni keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi bu borada 26-fevral 1992-yili Ozarbayjonning Tog'li Qorabog' mintaqasidagi Xojali shahriga qarshi uyushtirilgan hujumda o'ldirilganlarni eslatib o'tgan holda, “Turkiya olaroq ozarbayjonlik qardoshlarimizga qarshi bundan 24 yil avval vaxshiylarcha uyushtirilgan hujum va qatliomni har doim chin yurakdan his qilib kelmoqdamiz" dedi.

Undan tashqari, “Armaniston harbiylari tomonidan qo'l urilgan bu qatliomni va Ozarbayjon tuproqlarida uzoq yillardan beri davom etgan ishg'olni keskin qoralaymiz" degan ifodalarga o'rin berildi.

Armaniston harbiylari tomonidan 26-fevral 1992-yili Ozarbayjonning Tog'li Qorabog' mintaqasida joylashgan Xojali shahriga qarshi uyushtirilgan qatliomda 613 nafar Ozarbayjon fuqarosi o'ldirilgan. Ulardan 106 nafari ayollardan, 63 nafari bolalardan va 70 nafari keksalardan iborat edi. Undan tashqari 1275 nafar ozarbayjonlik esa tutqunga olingan. Tutqunga olinganlardan 76 nafari yosh bolalardan, 487 nafari tan jarohati olgan yaradorlardan iborat edi. O'sha kundan beri bedarak yo'qolgan 150 nafar kishining oqibati esa, haligacha noma'lum.



Aloqador xabarlar