Turkiyada kontrabandachilarga qarshi operatsiya o'tkazildi

Turkiyaning Izmir viloyati Cheshme tumanida ko'chmanchilarni noqonuniy yo'llar bilan boshqa davlatlarga olib o'tishga uringan eronlik kontrabandachilar qo'lga tushdi.

438523
Turkiyada kontrabandachilarga qarshi operatsiya o'tkazildi

Turkiyaning Izmir viloyati Cheshme tumanida ko'chmanchilarni noqonuniy yo'llar bilan boshqa davlatlarga olib o'tishga uringan kontrabandachilarga qarshi operatsiya o'tkazildi.

Operatsiyada bu ish bilan shug'ullangan 4 shaxs qo'lga tushirildi.

Bu haqda Shahar xavfsizlik boshqarmasi ma'lum qiladi.

Ma'lum qilinishicha, operatsiyada noqonuniy yo'llar bilan boshqa chet mamlakatlarga odam o'tkazish bilan shug'ullangan Eron fuqarosi to'rt kontrabandachi qo'lga tushirildi.

Eron fuqarosi bo'lgan mazkur shaxslar uchta mashinada 14 nafar ko'chmanchini noqonuniy yo'llardan boshqa mamlakatga olib o'tmoqchi bo'lgan.

Operatsiyada ko'chmanchilarning yonida 14 kishilik ehtiyot nimchasi topildi.

Sudga topshirilgan eronlik shaxslar qamoqqa olindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #operatsiya , #Izmir , #qochqin , #ko'chmanchi

Aloqador xabarlar