Ankaradagi qonli terror hujumini Abdulbaki Somer ismli terrorist sodir qilgani aniqlandi

Ma'lum bo'lishicha, Abdulbaki Somer 2005 yili 16 yoshida terror tashkilotiga qo'shilgan, 2005-2014 yillar mobaynida Qandildagi lagerda harbiy ta'lim olgan.

438293
Ankaradagi qonli terror hujumini Abdulbaki Somer ismli terrorist sodir qilgani aniqlandi

Ankarada 29 kishining hayotiga zomin bo'lgan qonli terror hujumini sodir qilgan terroristning Abdulbaki Somer ismli shaxs ekani DNK tekshiruvi natijasida aniqlandi.

Otasi Musa Somerdan olingan DNK namunasi terroristning jasadidan olingan DNK namunasiga to'g'ri keldi.

Natijada, qonli terror hujumini sodir qilgan shaxs Abdulbaki Somer ismli terrorist ekani aniqlandi.

Ma'lum bo'lishicha, Abdulbaki Somer 2005 yili 16 yoshida terror tashkilotiga qo'shilgan, 2005-2014 yillar mobaynida Qandildagi lagerda harbiy ta'lim olgan.

Joriy yilning 17 fevral kuni Ankaradagi “Marosim” nomli ko'chada harbiy xizmat vositalari o'tib ketayotgan paytda kuchli portlash sodir bo'ldi.

Portlash oqibatida voqea joyida 28 kishi halok bo'ldi, og'ir yaralangan bir kishi kecha shifoxonada olamdan o'tdi.

Portlash paytida 60 kishi tan jarohati oldi.

Voqeaga doir tergov davom etar ekan, shubhali 14 shaxs qo'lga olindi.

Qolaversa, bosh prokuraturaning talabi bilan portlashga doir ma'lumotlarning mediaga tarqatilishi ta'qiqlangan edi, bu ta'qiq bekor qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ankara , #qonli terror hujumi , #DNK , #bomba , #portlash

Aloqador xabarlar