Anqaradagi hujum ustidan tergov ishlari davom etmoqda

Poytaxt Anqarada, 17-fevral kuni, Inonu bulvarini Dikmen ko'chasiga bog'lagan Merasim ko'chasida harbiylarni o'z uylariga yetqazib qoyishdan mas'ul avtobuslarga qarshi PYD terror tashkiloti a’zosi tomonidan bomba portlatilgan edi.

436549
Anqaradagi hujum ustidan tergov ishlari davom etmoqda

Anqarada yuz bergan va 28 kishining umriga zomin bo'lgan hujum ustidan tergov ishlari davom etmoqda.

Bu borada Turkiyaning 8 viloyatida, shular jumlasidan poytaxt Anqara, Adana, Diyarbakir, Sakariya va Duzje viloyatlarida ham amaliyot olib borilmoqda.

Nazorat ostiga olinganlar soni ham ortdi.

Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lining aytishicha nazorat ostiga olinganlar soni hozirda 22 nafarga yetdi. Ularning barchasining Anqara sudiga olib kelinishi kutilmoqda.

Xoin hujum bo'yicha Milliy razvedka tashkiloti, Milliy politsiya idorasi, Jandarm va prokuratura birgalikda faoliyat yuritmoqdalar.



Aloqador xabarlar