Turkiya hukumati Ankarada sodir bo'lgan kuchli portlashni qoraladi

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu:“Mamlakatimiz, aziz millatimiz va demokratiyamizga xavf solgan qora niyatli terroristlar aslo maqsadiga erisha olmaydi"

434896
Turkiya hukumati Ankarada sodir bo'lgan kuchli portlashni qoraladi

Turkiyada hukumat vakillari va muholifat Ankarada sodir bo'lgan kuchli portlashni qattiq qoraladi.

Turkiya Oliy majlis rahbari Ismail Kahraman bayonotida terror hujumini qoraladi.

Kahraman ohirgi yillarda butun dunyoda muhtojlarga yordam qo'lini uzatib, ezilgan xalqlarning madadkori bo'lgan Turkiyadan bezovta bo'lgan terror tashkilotining qonli hujumi tufayli qayg'usini ifoda etdi.

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu terrorizmga qarshi kurashdan aslo voz kechmasligini ma'lum qildi.

Ahmet Davutog'lu Ankaradagi kuchli portlashga doir yozma bayonotida: “Mamlakatimiz, aziz millatimiz va demokratiyamizga xavf solgan qora niyatli terroristlar aslo maqsadiga erisha olmaydi. Barcha terror tashkilotlariga qarshi kurashdan ortga qaytmaymiz",-dedi.

Turkiya Bosh vazir o'rinbosari va hukumat kotibi Numan Kurtulmush poytaxt Ankaradagi qonli terror hujumini sodir qilganlarning kimligi hali noma'lum ekanini aytib o'tdi.

Kurtulmush: “Nafaqat qonli terror hujumini sodir qilganlar, balki ulardan foydalangan tashqi kuchlar, xatto ularni harbiy va siyosiy jihatdan qo'llab quvvatlagan davlatlarga ham la'nat bo'lsin!",-dedi.

Uning aytishicha, Ankara Respublika Prokuraturasi boshchiligida 7 prokurordan iborat bo'lgan komissiya voqea yuzasidan tergov yuritmoqda.

Numan Kurtulmush dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qonli voqea bomba ortilgan transport vositasida sodir qilinganini ma'lum qildi.

Terrorizmga qarshi kurashdan aslo voz kechilmasligini tilga olgan Kurtulmush: “Xalqimiz fitna tarqatishlariga, provokatsiyalarga yo'l qo'ymaydi",-dedi.

Bosh vazir o'rinbosari Yalchin Akdog'an ham twitter hisobidan bergan bayonotida: “Bunday qonli terror hujumlari Turkiyaning yo'nalishini o'zgartira olmaydi, terrorizmga qarshi kurashdagi matonatimizni yenga olmaydi",-dedi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu: “Bu kun mamlakatimiz tinchligi va farovonligiga qast qilgan xoinlarga qarshi bir yoqadan bosh chiqarish kunidir",-dedi.

Adolat vaziri Bekir Bozdag' ham Ankaradagi qonli terror hujumini qoraladi.

Bundan tashqari, muholifat vakillari ham noroziligini ifoda etdi.

Ankarada portlash sodir bo'lishi bilan Jumhuriyat Xalq partiyasi markaziy boshqaruv kengashi favqulodda to'plandi.

Partiya rahbari Kemal Kilichdarog'lu: “Azob chekish bu davlatga yarashmaydi. Portlashga doir tergovning yoritilishiga barcha tashkilotlar o'z hissasini qo'shadi degan umiddaman",-dedi.

Milliyatchi Harakat partiyasi( MHP) rahbari Devlet Bahcheli esa, qonli terror hujumiga noroziligini yozma bayonot bilan ifoda etdi.

Bahcheli: “Tinchligimizga ko'z olaytirgan terror tashkilotlari va bularni himoya qilgan mahalliy va xorijlik hamkorlari qora niyatiga erisha olmaydi",-dedi.

Xalq Demokratik partiyasi (HDP) rahbari Selahattin Demirtash ham terror hujumini qoraladi.

Demirtash: “Ankaradagi portlashni sodir qilgan terror tashkilotini qoralaymiz. Voqeada halok bo'lganlarga Ollohdan raxmat, yaradorlarga shifo tilaymiz",-dedi.

Turkiya Oliy majlisi umumiy kengashida Ak partiya, Jumhuriyat Xalq partiyasi va Milliyatchi Harakat partiyasi rahbar o'rinbosarlari terrorizmga qarshi mushtarak dekloratsiya matnini imzoladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ankara , #portlash , #terror , #terror hujumi

Aloqador xabarlar