Berat Albayrak:"Turkiya Rossiyaning tabiiy gaziga haridor"

Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak Turkiya va Rossiya aloqalari haqida fikr bildirdi.

413166
Berat Albayrak:"Turkiya Rossiyaning tabiiy gaziga haridor"

Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak Turkiya va Rossiya aloqalari haqida fikr bildirdi.
Albayrakning aytishicha, Turkiya tabiiy gaz bo’yicha eng katta hamkori bo’lgan Rossiyadan hozircha tabiiy gaz jihatdan qiyinchilikka uchramadi.
Lekin, ikki davlat o’rtasidagi kelishmovchilik katta havotirga sabab bo’lganini bildirgan Albayrak, Turkiya Rossiyaning tabiiy gaziga eng katta 2-haridori ekanini eslatdi.
Tijoriy shartnomalarga tayangan holda, Rossiya bilan bugungacha hamkorlik faoliyatlari davom etganini tilga olgan Albayrak, bunga qaramasdan Turkiya tabiiy gaz tanqisligiga qarshi kerakli chora-tadbirni ola boshlaganini bildirdi.
Turk oqimi loyihasi Yevropa Ittifoqining energiya talabini qondirish hamda Turkiya va Rossiya aloqalariga ijobiy ta’sir ko’rsatish jihatdan muhim ekanini, lekin o’zaro muzokaralar paytida Turkiyaning talablariga javob berilmaganini eslatdi.
Berat Albayrak: “3-Atom stansiya uchun texnik va geografik faoliyatlar davom etmoqda. Bu masala bo’yicha zarur faoliyatlar olib borilmoqda. Atom stansiyani qaysi davlat va firma bilan qurish bo’yicha muzokara ketmoqda. 2016 yoki 2017 yilga kelib 3-atom stansiya loyihasi bilan bog’liq tenderni yakunlaymiz”-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar