Rossiya, Turk fuqarolaridan viza talab qiladi

Bu haqida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

412253
Rossiya, Turk fuqarolaridan viza talab qiladi

Rossiya, 2016-yilning 1-yanvaridan e’tiboran Turk fuqarolaridan viza talab qiladi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, endilikda Rossiya hududiga xorijiy pasporti yani xorijga chiqish uchun berilgan maxsus pasporti orqali kirmoqchi bo’lgan Turk fuqarolari 2016-yilning 1-yanvaridan e’tiboran konsullik yoki diplomatik vakolatxonalardan viza talab qiladi.

Xizmat va diplomatik pasport egalari esa mavjud viza tartibidan foydalanishni davom ettiradi.

Undan tashqari Rossiyada, vaqtinchalik yoki doimiy istiqomat qilish ruxsatnomasi bilan dengizchi pasportiga ega bo’lgan Turk fuqarolari ham avvalgidek, mavjud viza tartibidan foydalanadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar