Turkiya-Suriya chegarasida nazorat kuchaytirilmoqda

Hozirda chegara hududlarini 4 nafar polk, 12 nafar batalyon, 37 nafar rota va 139 nafar xavfsizlik uchastkasi xodimlari qo’riqlamoqda.

404843
Turkiya-Suriya chegarasida nazorat kuchaytirilmoqda

Turkiya chegaralarini qo’riqlagan askarlarning 30%i Suriya chegarasida xizmat o’tamoqda.
Hozirda chegara hududlarini 4 nafar polk, 12 nafar batalyon, 37 nafar rota va 139 nafar xavfsizlik uchastkasi xodimlari qo’riqlamoqda.
Turk Qurolli Kuchlari ma’lum qilishicha, Turkiya-Suriya chegarasiga qo’shimcha askarlar safarbar qilindi. Chegara hududlari 23 kmlik beton devor bilan to’sildi. Chegaraning 108 kmlik masofasi sim to’rlar bilan o’raldi. 386 kmlik masofaga chuqur qazildi. 80 kmlik hudud tuproq yig’ini bilan to’sildi. 423 kmlik hudud chiroqlar bilan yoritildi va 1450 kmlik nazorat yo’li ochildi.
Ushbu xavfsizlik chora-tadbirlari uchun 300 million lira mablag’ sarf qilindi.
Turk Qurolli Kuchlari noqonuniy o’tish yo’llarini to’sib tashladi va yo’llarda nazorat kuchaytirildi.
Turkiya-Suriya chegarasida 2015 yili mobaynida 54 millatdan jami 909 nafar shubhali shahs qo’lga olindi.
2015 yili mobaynida hududda 6221 qurol, 5 million 516 ming 460 litr yoqilg’i, 4086 kg giyohvand modda, 1 million 639 ming 431 dona giyohvand modda tabletkasi va 21 million 950 ming 316 dona sigaret qo’lga tushirildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar