Ehtimoli bir tabiiy gaz inqiroziga qarshi chora- tadbir...

Turkiya, Rossiya bilan o’rtasida ehtimoli bir tabiiy gaz inqiroziga qarshi chora- tadbir olishga boshladi.

398768
Ehtimoli bir tabiiy gaz inqiroziga qarshi chora- tadbir...

Turkiya, Rossiya bilan o’rtasida ehtimoli bir tabiiy gaz inqiroziga qarshi chora- tadbir olishga boshladi.
Turkiya, Ozarbayjon va Erondan sotib olayotgan gaz miqdorini orttirishni talab qilganidek, LNG ( suyuqlashtirilgan tabiiy gaz) sotib olib zaxiralarini orttirmoqchi.
Bu nuqtada, global LNG bozorining uchdan biri qo’lida bo’lgan Qatar, Turkiya uchun katta ahamiyat kasb etmoqda.
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an Qatar safari bilan LNG importi mavzusida muhim qadam tashladi.
Energiya va tabiiy boyliklar vazir Berat Albayrak ham ishtirok etgan safar paytida Turkiya bilan Qatar o’rtasida uzoq muddatli LNG sotib olish uchun kelishuvga borildi.
BOTASH bilan Qatar neft shirkati( Qatar neft) imzo qo’ygan, Turkiyaning bu o’lkadan uzoq muddatli va tartibli suyuqlashtirilgan tabiiy gaz sotib olinishi garantiya ostiga oladigan tayyorgarlik kelishuvi doirasida, Qatar, Turkiyada LNG terminali qurishni ko’rib chiqadi.
Tomonlar bu doirada asl bitimni tayyorlash uchun faoliyatga o’tdi.
64- hukumatning tuzilishining ortidan ikkinchi chet el safarini Ozarbayjonga uyushtirgan Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, safarida tabiiy gaz ham kun tartibida edi.
Bosh vazir Davuto’g’lu, Turkiya Ozarbayjondan sotib olgan gaz miqdori orttirishini talab etishi kutilmoqda.
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, 11-12 dekabr kunlarida Turkmanistonga bir safar uyushtiradi. Ushbu safarda ham Turkiya Turkmanistondan tabiiy gaz sotib olish uchun kelishuvga borishi kutilmoqda.
Turkmanistondan tabiiy gaz olishga qarata kelishuvga borishi kutilmoqda.
Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Numan Kurtulmush ham shaxsi bir televideniye kanalida qilgan izohida, Tabiiy gaz mavzusida bir tanglik sodir bo’lmasligini umid qilganini, Ozarbayjon va Turkmaniston tabiiy gaz va neftlari bilan tegishli bir qator bitimlar bo’lishi mumkinligini bildirdi.
Turkiya yilda import qilayotgan 50 milliard kubometr tabiiy gazning 80 foizi Rossiya, Eron va Ozarbayjondan sotib olmoqda.
Tabiiy gazning taxminan 55 foizni Rossiyadan kelgan g’arb quvuri va moviy oqim quvuridan ta’min etayotgan Turkiya, gaz importining 20 foizini LNG sifatida ta’min etmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar