Rossiya bilan Turkiya o'rtasidagi energiya hamkorligi...

G-20 sammiti chog’ida bo’lib o’tgan Erdog’an va Putin uchrashuvida energiya masalalari muhokama qilingan.

366902
Rossiya bilan Turkiya o'rtasidagi energiya hamkorligi...

Turkiya Energiya vaziri Ali Riza Alaboyun Rossiya bilan energiya hamkorligi davom etganini bildirdi.
G-20 sammiti chog’ida bo’lib o’tgan Erdog’an va Putin uchrashuvida energiya masalalari muhokama qilinganini bildirgan Turkiya Energiya vaziri Ali Riza Alaboyun Akkuyu Atom stansiya loyihasini hayotga tadbiq etish uchun yangi ba’zi qonunlar chiqarilishi zarurligini bildirdi.
Alaboyunning aytishicha, Akkuyu Atom stansiyasini qurish jarayoni 2016 yilning yanvar oyida boshlanadi, stansiya 2022 yili ishga tushadi.
Erdog’an va Putin uchrashuvida, Turk Oqimi loyihasi ham ko’zdan kechirilgan.
Alaboyun: “Turk oqimiga qarshi emasmiz. Turk oqimida ba’zi xususlarni amalga oshirish uchun vaqt kerak. Necha tarmoqdan iborat bo’lishi aniqlanadi. Natijada tarmoq birgina Turkiyadan o’tmaydi. Yevropa Ittifoqi va bir necha davlatni yaqindan qiziqtiradi”-dedi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G-20 sammitidan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida, turk vakillar bilan tijoriy mavzularning muhokama qilinganini va bu masalaning eng muhim jihatini energiya masalasi tashkil qilganini bildirdi.
Putin: “Tijoratda ba’zi muammolar mavjud. Turk Oqimining huquqiy ravishda qarorlashtirilishi, Turkiya bozoriga sotgan gazimizning bahosini arzonlashtirish kabi. Har ehtimolga qarshi Turkiya bizga aytilganidek, mahalliy bozorida mahsulotlarimizni ko’paytirishni istaydi. Bu yerda avvalo tabiiy gaz shartnomasini tuzishimiz kerak”-dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar