Ertaga Turkiya, muddatidan oldingi saylovda ovoz beradi

Bu oxirgi 5 oy ichidagi ikkinchi saylovdir.

360925
Ertaga Turkiya, muddatidan oldingi saylovda ovoz beradi

Turkiya ertaga navbatdagi parlament a’zolarini saylash maqsadida ovoz beradi. Saylov ro’yhatlariga taqriban 54 million 49 ming 940 nafar saylovchi kiritilgan. Ular uchun esa Turkiya boylab 175 ming 6 ta saylov qutisi o’rnatildi.

Bu galgi parlament saylovida 16 ta siyosiy partiya bilan 21 nafar mustaqil deputat kurash olib boradi.

Turkiyaning sharq mintaqalarida ovoz berish faoliyatlari soat 07:00 da boshlanar ekan soat 16:00 gacha davom etadi. Boshqa viloyatlarda esa ertalab soat 08:00da boshlanib, oqshom soat 17:00gacha davom etadi.

Chet elda istiqomat qiluvchi Turk fuqarolari uchun dunyoning 54 davlatida, 113 ta turk vakolatxonasida ovoz berish ishlari yakunlanar ekan ularning byulletenlari uchoqlarda, diplomatik xaltachalarda Turkiyaga olib kelindi. Anqaradagi Saylov kengashining chet elliklarga qarashli bo’limida muhofaza qilingan byulletenlari, 1-noyabr kuni oqshom vaqtida, Turkiya boylab ovoz berish ishlari tamomlanishi ortidan, o’sha kungi saylov byulletenlari bilan birga hisoblanadi.

Radio, televideniya va har qanday translyatsiya qilish organlari tomonidan soat 18:00ga qadar saylov va saylov natijalari haqidagi yangiliklar, tahmin va fikr mulohazalar berilmaydi. Soat 18:00-21:00 orasida faqatgina Oliy saylov kengashi tomonidan belgilangan saylov haqidagi yangiliklargina berilib boriladi. Soat 21:00dan keyin barcha ma’lumotlar erkin ravishda berilib boriladi. Agar Oliy saylov kengashi ruxsat bergudek bo’lsa unda soat 21:00dan oldin ham ma’lumotlar baham ko’rilishi mumkin.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar