Turkiya Afg'onistonga yordam yuboradi

Turkiya dushanba kuni 7.5 magnitudali yer silkinishi oqibatida dunyoni larzaga solgan Afg’onistonga yordam yuborishini aytdi.

402488
Turkiya Afg'onistonga yordam yuboradi

Turkiyaning Qobil elchisi Ali Sait Akinning Onado’li agentligi muxbiriga ma’lumot berishicha, Turkiya afg’onistonlik rasmiylardan vaziyat va ehtiyojlar haqida ma’lumot berishlarini istagan. Shuningdek Turkiya olaroq har qanday yordamga tayyor ekanliklarini ham yetkazgan. Akin Afg’onistonda yashagan hech qaysi turk fuqarolarining ziyon ko’rmaganligini ham qo’shimchaladi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Feridun Sinirlio’g’li ham Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri Salahuddin Rabbaniga qo’ng’iroq qilib, hamdardlik bildirar ekan, “Turkiyaning har qanday yordamga tayyor ekanligini, Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyat Boshqaruv rahbariyati, Qizil Yarim oy jamiyati va Turkiya Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi (TIKA) kabi tashkilotlarning ham kerakli tayyorgarliklarni ko’rganligini ifodaladi.

Afg’onistonning shimolida yuz bergan va bir necha Janubiy Osiyo davlatlarida his qilingan yer silkinishida kun o’tgan sayin halok bo’lganlar soni ortmoqda. Bughungi kunda ular soni 115 nafarga yetdi. Tan jarohati olganlar soni 538 nafar. Jami 9 viloyatda 7 mingdan ortiq uy-joy, 12 ta maktab, 17 ta jome’ masjidi va 20 ta davlat binosi vayron bo’ldi.

Rahbariyat, vayron bo’lgan binolar ostidan olib chiqilganlar bilan tan jarohati olganlar sonining ortishi mumkinligini ham aytib o’tdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar