Chet ellik Turk fuqarolari, allaqachon ovoz berib bo’ldi

Dunyoning 54 davlatida joylashgan 113 ta Turk vakolatxonasida, jami 1 million 160 ming 38 nafar saylovchi ovoz berdi.

402625
Chet ellik Turk fuqarolari, allaqachon ovoz berib bo’ldi

Chet elda yashagan Turk fuqarolari 1-noyabrda Turkiyada o’tkaziladigan umumiy saylov uchun o’z ovozlarini allaqachon berib bo’ldi. Ularning ovozlarini Turkiyaga olib kelish faoliyatlari esa haligacha davom etmoqda.

Dusseldorf, Essen, Frankfurt, Keln, Mayntz, Myunster, Antverpen, Bryussel, Amsterdam, Deventer va Rotterdam ovozlari 403 ta diplomatik xaltachada, Turk havo yo’llari uchog’i orqali Ankara Esenbog’a aeroportiga olib kelindi.

Ushbu uchoq ortidan Berlin, Gamburg, Gannover, Kopengagen, Stokgolm, London liniyasini o’z ichiga olgan 193 ta diplomatik xaltachalar ham Esenbog’a aeroportiga yetib keldi.

Uchoqlarda olib kelingan va konteynerlarga joylashtirilgan jami 596 ta diplomatik xaltachalar, yuk tashuvchi mashinalarga yuklandi.

Xaltachalarni qabul qilib olish haqidagi aktlar, saylov kengashi a’zolari, partiya vakillari va Saylov kengashining chet elliklarga qarashli bo’limi raisi Hakim Mehlika Aytach tomonidan imzolandi. Ushbu aktda ro’yhatga olingan diplomatik xaltachalar 1-noyabrga qadar Saylov kengashining chet elliklar bo’limida muhofaza qilinadi.

Saylov byulletenlari, 1-noyabr kuni oqshom vaqtida, Turkiya boylab ovoz berish ishlari tamomlanishi ortidan, o’sha kungi saylov byulletenlari bilan birga hisoblanadi.

Dunyoning 54 davlatida 113 ta Turk vakolatxonasida o’tkazilgan ovoz berish ishlari 8-oktabr kuni boshlab, 25-oktabr kuni o’z nihoyasiga yetgan edi.

Chet eldagi Turk vakolatxonalarida 1 million 160 ming 38 nafar saylovchi ovoz berar ekan, bu raqam bojxona darvozalaridan tashqari chet ellik Turk fuqarolarining saylovda ishtirok etish faoliyatining 40 foizini tashkil etmoqda.

Bojxonalarda ovoz berish faoliyatlari 1-noyabr soat 17:00 gacha davom etadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar