Xorijdagi Turkiya fuqarolari bugun saylovda ovoz bermoqda

Markaziy saylov kengashi ma’lum qilishicha, mahalliy soat bilan 09:00da boshlangan ovoz berish jarayoni soat 21:00da o’z nihoyasiga yetadi.

399284
Xorijdagi Turkiya fuqarolari bugun saylovda ovoz bermoqda

Turkiyada 1 noyabr kuni o’tkaziladigan umumiy saylovga katta tayyorgarlik ketar ekan, bugun 54 davlatda mavjud 113 vakolatxonada ovoz berish jarayoni yakunlanadi.
Markaziy saylov kengashi ma’lum qilishicha, Albaniya, Ozarbayjon, Bahrayn, Chexiya Respublikasi, Xitoy, Finlandiya, Janubiy Afrika, Gruziya, Eron, Irlandiya, Ispaniya, Yaponiya, Qatar, Kosova, Quvayt, Livan, Mojariston, Misr, O’zbekiston, Polsha, Sudan, Tailand, Ukraina, Omman, Iordaniya va Yangi Zelandiyada yashagan Turkiya fuqarolari bugun saylovda ovoz bermoqda.
Mahalliy soat bilan 09:00da boshlangan ovoz berish jarayoni soat 21:00da o’z nihoyasiga yetadi.
Xorijdagi saylovchilar 8 oktyabrdan e’tiboran ovoz bera boshlagan edi.
Xorijda yashagan Turkiya fuqarolarining xorij davlatlarda bergan ovozlari samolyotlar va diplomatik pochtalar orqali Turkiyaga keltiriladi.
Bojxonalarda ovoz berish jarayoni esa, 1 noyabr kunigacha davom etadi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar