Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Turkiya Ovozi radiosi mehmoni...

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Tug’rul Turkesh TRT Turkiya Ovozi radiosida efirga uzatilgan jonli eshittirishga qatnashdi.

396630
Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Turkiya Ovozi radiosi mehmoni...

TurkiyaBosh vazir o’rinbosari Tug’rul Turkesh TRT Turkiya Ovozi radiosiga tashrif buyurdi.
Tug’rul Turkesh 1 noyabrdagi saylovlar bilan bog’liq, “Turkiyaga nifoq solishni ko’zlagan bo’lishlari mumkin, lekin davlatimizda tinchlik hukmron. Turkiyada saylov xavfsizligiga doir tahlika va tahdid kuzatilmayotir. Saylovlar tinch-totuvlik bilan o’tkaziladi”-dedi.
Turkeshning fikricha, Ankaradagi terror voqealari Turkiyaning tinchlik va farovonligini buzmoqchi bo’lgan ba’zi qora niyatli guruhlar tomonidan sodir qilingan.
U “Bu portlash Turkiyaga nisbatan sodir qilingan terror hujumidir. Maqsad Turkiyaning va turklarning tinchligiga rahna solishdir. Turkiyadagi muvozanatni buzish, kaos va bo’xron chiqarish uchun sodir qilindi”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar