Hansyorg Xaber, TRT Haber kanali savollariga javob berdi

Hansyorg Xaber, Yevropa ittifoqining Turkiya delegatsiyasi yangi rahbaridir.

394886
Hansyorg Xaber, TRT Haber kanali savollariga javob berdi

Yevropa ittifoqining Turkiya delegatsiyasi yangi rahbari elchi Hansyorg Xaber, muhojirlar masalasida Turkiyaning muhim o’ringa ega ekanligini aytdi.

O’z vazifasini boshlaganidan beri birinchi intervyusini TRT Haber kanaliga bergan janob elchi, Yevropani qamrab olgan muhojirlar masalasini, Turkiyaning bu boradagi roli va Yevropa-Turkiya o’rtasida vizalarning bekor qilinishi mavzularini baholadi.

Turkiyaning eng ko’p muhojirga mezbonlik qilgan davlat ekanligini ta’kidlagan elchi, tartib va qoidasiz ko’chib kelganlarga qarshi kurash mavzusida “Turkiya muhim o’ringa ega” dedi.

Turkiyani “strategik hamkor” deb qabul qilgan Yevropa ittifoqining yangi Anqara elchisi;

-“Turkiyaning ittifoqga qo’shilish jarayonini tezlatish maqsadida faqatgina bu yerda emas, Bryusselda ham o’z faoliyatlarimzni davom etmoqdamiz” dedi.

Yevropa ittifoqining, jarayonni tezlatish uchun tayyor ekanligi haqida ma’lumot bergan Hansyorg Xaber, mavzuni muhokama qilish maqsadida oliy darajali hay’atlarning bu hafta ichida turk hamkorlari bilan uchrashishini ham qo’shimchaladi.

Yangi bosqichlarning ham ochilishi mavzusiga to’xtalgan germaniyalik diplomat,

-“17-bosqichni bu yil ochmoqchi edik. Saylov tufayli keyinga qoldirildi. Boshqa bosqichlar Kipr muammosi hal qilinganidan keyin ochilishi mumkin. Faqat Turkiyaning bu mavzudagi konstruktiv roli e’tiborimizdan chetda qolmadi” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar