Victoria Nuland Turkiyaga tashrif buyurdi

AQSh kotibligining Yevropa va Yevrosiyodan mas’ul vazir o’rinbosari Victoria Nuland hozirda Turkiya Tashqi ishlar vazirligida rasmiy uchrashuvlarni amalga oshirmoqda.

394884
Victoria Nuland Turkiyaga tashrif buyurdi

AQSh kotibligining Yevropa va Yevrosiyodan mas’ul vazir o’rinbosari Victoria Nuland Turkiyaga tashrif buyurdi.
Victoria Nuland dastlab 10 oktyabrda portlash sodir bo’lgan Ankara poyezd vokzaliga bordi.
U yerda Amerikaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi John Bass bilan birga qurbonlar hotirasi uchun xurmat ma’nosida sukut saqlagan Nuland hotira maydoniga gulchambar qo’ydi.
Nuland hozirda Turkiya Tashqi ishlar vazirligida rasmiy uchrashuvlarni amalga oshirmoqda.
Hukumat vakillari bilan uchrashadigan Nuland terrorga qarshi kurash jarayoni, qochqinlar masalasi va boshqa mintaqaviy va o’zaro masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.
Rossiyaning Suriyadagi havo operatsiyalari ham dolzarb masala qatorida muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, bo’lginchi terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYDni qurol bilan ta’minlash iddaolari hamda dunyodagi dolzarb muammolardan biriga aylangan qochqinlar masalasi ham atroflicha muhokama qilinishi kutilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar