Turk rasmiylari, Anqarada yuz bergan terror hujumini qoraladi

Kecha Turkiya poytaxti Anqara shahrida ikkita bomba portlatilgan bo'lib, ko'plab aholining o'limiga sabab bo'lgan edi.

352761
Turk rasmiylari, Anqarada yuz bergan terror hujumini qoraladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an butun davlat organlarining, Anqaradagi terror hujumining kim tomonidan amalga oshirilganligini aniqlash uchun ish olib borayotganligini, jinoyatchilarning esa eng qisqa vaqt ichida adolatga topshirilajagiga ishonganligini aytdi.

Erdog’an voqea haqidagi izohatida;

“Birligimizga va yurtimizning tinchligiga qaratilgan bu jirkanch hujumni qoralayman. Avval ham turli joylarda harbiylarimizga, militsiya xodimlarimizga, qo’riqchilarimizga va begunoh tinch aholimizga qarshi amalga oshirilgan terror harakatlari bilan bugun Anqaradagi temir yo’l vokzaliga yaqin joyda yuz bergan terror hujumi orasida hech qanday farq yo’q.

Manbasi, so’zlari, maqsadi, nomi nima bo’lishidan qat’iy nazar barcha terror harakati va terror tashkilotiga qarshimiz. Biz, barchamiz, birgalikda terrorga qarshi chiqishga majburmiz. Barchani mas’ul muomila qilishga, diqqatli bo’lishga, terrorning yonida emas ularning qarshisida turishga undayman” dedi.

Prezident Erdog’an 12-oktabr, dushanba kuni amalga oshirmoqchi bo’lgan Turkmaniston ziyoratini bekor qildi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismet Yilmaz esa;

-“Terror ziyon yetkaza olishi mumkin lekin terrorning g’alaba qozonish imkoni yo’q” deya gapirdi.

Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an, “Xalqni gijgijlagan, terror maqsadiga xizmat qiladi” dedi.

Anqaradagi terror hujumini lanatlagan Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an shahsiy twitter hisobi orqali quyidagi ifodaga o’rin berdi:

-“Terrordan, dahshatdan madat kutganlar, terror orqali tuzoq qurganlar buning natijasiga ham bardosh beradi. Huquqga hisobot berishdan aslo qutila olmaydilar”.
Respublika xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro’g’li, Anqaradagi terror hujumi ortidan, Istanbuldagi faoliyatlarini bekor qildi.
Hujum haqidagi savollarga javob bergan Kilichdaro’g’li, “Turkiya bu manzaraga loyiq emasdir” dedi.
Kilichdaro’g’li partiyalarni, terrorga qarshi mushtarak harakatga undadi.
Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahcheli, yozma ravishda ushbu hujum haqida izohat berar ekan “Bu hujumning Turkiyaga va xalqimizning birligiga qaratilganligi ravshan” dedi.

Bahcheli, hujumning kim tomonidan amalga oshirilganligining aniqlanishi kerakligini ta’kidladi.

Milliyatchi harakat partiyasi yakshanba kuni Izmir shahrida o’tkazmoqchi bo’lgan mitingini keyingiga qoldirdi.

Xalqlarning demokratik partiyasi raisdoshi Selahettin Demirtash ham Istanbuldagi dasturlarini bekor qilib, Anqaraga qaytdi.

Demirtashning voqea haqidagi izohatida;

-“Judayam katta qatliomga duch keldik. Yirtqichlardek bir hujum amalga oshirildi. Oqibati judayam ayanchli” dedi.

Bosh shtab boshqarmasi, Anqarada amalga oshirilgan terror hujumini qoraladi va ortidan ta’ziya tilaklarini bildirdi.

Bosh shtab boshqarmasi o’z izohatida,

“Bugun Anqaraning temir yo’l vokzaliga yaqin joyda yuz bergan terror hujumini keskin ravishda qoralaymiz. Ushbu hujumda halok bo’lgan fuqarolarimizni Ollox o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Yaqinlariga va millatimizga o’z ta’ziyalarimizni izhor etgan holda, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz” dedi.

Turkiya Din ishlari qo’mitasi rahbari Mehmet Go’rmez ham, yozma ravishda izohat berar ekan, Anqarada yuz bergan va onlab fuqaromizning halok bo’lishiga sabab bo’lgan dahshatli terror hujumini, maqsadiga va egasiga qaramay keskin ravishda qoralashning odamgarchilik burchi ekanligini aytdi.

Go’rmez, “Bir-birimiz bilan yana-da mahkam quchoqlashgan holda, duo ila, kuchli, aqlli, farosatli, sabrli olaroq bu kunlarni ham oshib o’tishimizga ishonchim komil” dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar