Anadolu Xabar agentligining muhbiri terror qurboni bo'ldi

Anadolu Xabar agentligining Suriyadagi muhbiri Salih Mahmud Leyla Suriyada DAISh tomonidan bomba ortilgan mashina vositasida sodir qilingan hujumda hayotdan ko’z yumdi.

390104
Anadolu Xabar agentligining muhbiri terror qurboni bo'ldi

Anadolu Xabar agentligining Suriyadagi muhbiri Salih Mahmud Leyla (27 yosh) Halapga qarashli Hireytan tumanida terror tashkiloti DAISh tomonidan bomba ortilgan mashina vositasida sodir qilingan hujumda hayotdan ko’z yumdi.
Joriy yilning iyul oyida Halapning Jemiyeti Ez-Zehra hududidagi to’qnashuvlarni kuzatib borar ekan, yuzidan yaralangan Salih Mahmud Leyla davolanish uchun Turkiyaga keltirilgan edi.
Salih xizmati mobaynida Suriya shimolidagi to’qnashuvlarga doir ko’plab fotosuratlar tasvirga tushirgan edi, ko’plab video tasvir tayyorlagan edi, to’qnashuvlar paytida mahalliy xalqning boshidan o’tgan qiyinchiliklarga doir hisobotlar tayyorlagan edi.
Salih Mahmud Leylaning Suriyadagi ichki urushda tasvirga tushirgan fotosuratlari dunyoning eng kuchli matbuot organlari tomonidan tasdiqlangan edi.
Salih Mahmud Leyla o’tgan yili Anadolu Xabar agentligida urush muhbiri ta’limini olgan edi.
1 yil oldin turmush qurgan Salih Mahmud Leylaning rafiqasi homilador edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar