Turk olim "Nobel" mukofatiga loyiq ko’rildi

Dunyoning eng nufuzli mukofatlaridan biri hisoblangan “Nobel” ilg’or ilmiy tadqiqotlar, inqilobiy kashfiyotlar, madaniy yoki jamiyat taraqqiyotiga qo’shilgan salmoqli xizmatlar uchun taqdim etiladi.

389145
Turk olim "Nobel" mukofatiga loyiq ko’rildi

Turk olimi Aziz Sanjar, kimyo yo'nalishi bo'yicha mukofatni, shvetsiyalik olim Thomas Lindhal ve amerikalik Paul Modrich bilan birgalikda o’ldilar.

Ushbu 3 olimning, DNK va saraton kasalligiga qarshi olib borgan tadqiqotlari nomi tilga olingan mavzulardagi tadqiqotlar orasida katta ahamiyatga ega bo’lganligi uchun sazovor deb topildi.

Turkiyaning Mardin viloyatida tavallud topgan Aziz Sanjar, Istanbul universiteti, Tibbiyot fakultetini tugatgach Amerika Qo’shma Shtatlarida joylashgan Amerika Qo'shma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasiga qabul qilingan 3 nafar turktan biri edi.

Shimoliy Karolina universiteti, Biokimyo va biofizika kafedrasi o’qituvchisi Aziz Sanjar, qariyb 300 ta ilmiy maqola va bu maqolalaridan boshqalari foydalangan 12 mingdan ortiq matn parchasi ila, ilmiy tadqiqotlar olamida, jahonda kamdan-kam uchraydigan muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi.

“Nobel” mukofatiga turklar orasidan birinchi marotaba yozuvchi Orhan Pamuk, 2006-yili sazovor deb topilgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar