Hakkari va Mardinda terror hujumi sodir bo'ldi

Mardinning Nusaybin tumanida va Hakkari-Van yo’lida yo’l chetiga ko’mib qo’yilgan qo’lbola bomba politsiya xizmat mashinasi o’tayotgan paytda portlatilgan.

350302
Hakkari va Mardinda terror hujumi sodir bo'ldi

Mardinning Nusaybin tumanida yo’l chetiga ko’mib qo’yilgan qo’lbola bomba politsiya xizmat mashinasi o’tayotgan paytda portlatilgan.
Hujum oqibatida xizmat mashinasida bo’lgan bir ofitser bilan 2 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 1 nafari tan jarohati olgan.
Ayni paytda Hakkari-Van yo’lida terroristlar tomonidan yo’l chetiga ko’mib qo’yilgan qo’lbola bomba politsiya xizmat mashinasi o’tayotgan paytda portlatilgan.
Voqea joyida xizmat mashinasida bo’lgan politsiya xodimlaridan 2 nafari halok bo’lgan, 2 nafari tan jarohati olgan.
Tan jarohati olgan politsiya xodimlari shifoxonaga yotkizildi.
Hududda terroristlarni qo’lga olish uchun keng ko’lamli operatsiya ketmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar