Xalqaro yoshlar sammiti ertaga Istanbulda o’tkaziladi
Sammitda dunyoning 29 davlatidan 200 dan ortiq mehmon ishtirok etadi.
318010
Yoshlar Ittifoqi va Yunus Emre nomidagi institut hamkorligi asosida o’tkaziladigan sammitda dunyoning 29 davlatidan 200 dan ortiq mehmon ishtirok etadi.
Sammitda “Turkiyada madaniyat, san’at, iqtisodiyot va kommunikatsiya sohalarida yoshlarning o’rni” va “Butun jahondagi yoshlarga qaratilgan siyosat va ular mintaqalaridagi Turkiya tushunchasi” degan mavzularda sessiya uyushtiriladi.
Butun dunyo musiqalarini o’z ichiga olgan konsert ham beriladigan sammitda mehmonlar uchun Bo’g’oz sayohati ham uyushtiriladi.